“Muqobil energiya manbalari” laboratoriyasi

Laboratoriyaning ilmiy yo‘nalishlari

-Atrof-muhit omillarning (quyosh radiatsiyasining zichligi va tarkibi, atrofdagi havoning harorati va nisbiy namligi, shamol tezligi, atmosfera bosimi, atmosferaning ifloslanganligi, yog‘ingarchilik va boshqalar) fotoelektrik va quyosh fotoissiqlik aylantiruvchi tizimlarning ekspluatatsion parametrlari va xususiyatlariga ta’siri bilan bog‘liq muammolarni hal qilish;
-Fotoelektrik modullar, fotoissiqlik va fototermik aylantirgichlarga asoslangan avtonom energetik tizimlarni ishlab chiqish, shuningdek ularning parametrlari va xususiyatlarini o‘rganish;
-Quyosh, shamol, biomassa, vodorod va geotermal energiyalar (issiqlik nasosi) asosida ishlaydigan tizimlarning energetik parametrlari va xarakteristikalari haqidagi ma’lumotlarni o‘lchash, qayd qilish va qayta ishlash tizimlarini ishlab chiqish;
-Ko‘chma ko‘p funksiyali energetik komplekslarni ishlab chiqish va tajriba-sinov tariqasidagi kichik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;-Исследование возможности создания диодных структур на основе композитного материала. Хлопковое волокно, токопроводящий полимер;
-Muqobil energiya manbalari asosidagi qurilmalar uchun quvvat elektronikasi, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqarish bloklar (uzellar)ini ishlab chiqish.

Asosiy ilmiy natijalar


-Yilning issiq mavsumida fotoelektrik modulning himoya oynasi yuzasida to‘planadigan chang va boshqa turdagi, masalan yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq zarralardan xosil bo‘lgan qatlamning morfologik xususiyatlarini va tarkibining miqdoriy tahlilini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar chang va iflosliklar kelib chiqishi noorganik tabiatga ega bo‘lgan taqdirda, bo‘ylama o‘lchamlari 30 mikrongacha bo‘lgan zarrachalarning (adgeziv) yopishqoqlik xususiyatlarini yomonlashtirish yo‘llarini izlash kerak. Organik tabiatga ega, ifloslanishlarning oldini olish qiyinligi, biroq sirt yuzalarini tozalashda maxsus yuvish vositalaridan foydalanish talab qilinmaydi, degan xulosaga kelishga imkon berdi.
-Fotoelektrik tizimlarning tarkibiy elementlaridagi (elektr energiyasini ishlab chiqarish, saqlash va energiya iste’mol qilish quyi tizimlarida) energiyani yo‘qotish turlarining tahlili o‘tkazildi. O‘tkazilgan tahlil laboratoriyaning istiqbolli tadqiqotlar uchun umumiy dastur ishlab chiqish imkonini berdi, uning natijasi fotoelektrik tizimlarning har bir asosiy elementida energiyani aylantirish, to‘plash va foydalanish samaradorligini oshiradigan konstruktorlik yechimlar ishlab chiqishdir.
-Fotoelektrik modullarning (nurlanish koeffitsiyenti) qoralik darajasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan usul fotoelektrik tizimlarining elektr energiyasini ishlab chiqarish quyi tizimida isitish bilan bog‘liq yo‘qotishlarni o‘lchash va raqamli modellashtirish uchun zarur bo‘lgan kremniy kristalli fotoelektrik modullarning nurlanish koeffitsiyenti qiymatlarini aniqlash imkonini beradi.
-Fotoelektrik modullarining isish vaqtini atrof-muhit meteorologik omillariga bog‘liq ravishda aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Ushbu usul yilning istalgan vaqtida, fotoelektrik stansiyalar tomonidan ishlab chiqariladigan energiyaning umumiy hajmiga ta’sir qiluvchi fotoelektrik modullar tomonidan kunning yorug‘ vaqtlari boshlanishi va yakunlanishidagi ishlab chiqarilgan energiya yo‘qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi.
-Atrof-muhitning meteorologik parametrlarini uzluksiz monitoring qilish uchun mo‘ljallangan simsiz meteostansiya ishlab chiqilgan. Ushbu qurilma qayta tiklanadigan energiya manbalarida ishlaydigan elektr stansiyalarining real sharoitidagi ishlash samaradorligini baholash uchun zarur bo‘ladigan sinovlarni o‘tkazish sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun mo‘ljallangan.
-Yilning issiq davrida akkumulyator batareyasining qizib ketishdan himoya qiluvchi ko‘chalar uchun mo‘ljallangan avtonom fotoelektrik yoritish tizimi ishlab chiqilgan. Ushbu fotoelektrik tizimning konstruksiyasida akkumulyator batareyasini sovutish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu batareyani sovutishdan foydalanilmaydigan tizimga nisbatan uning ishlash muddatini oshirish imkonini beradi. −55 °C dan +125 °C gacha bo‘lgan intervaldagi ishchi diapazoniga ega bo‘lgan raqamli harorat datchiklaridan foydalanilgan xolda haroratni uzluksiz o‘lchash asboblari seriyasi ishlab chiqilgan. Ushbu qurilmalarning o‘ziga xos xususiyati o‘lchovlar vaqtini microSD formatdagi xotira kartasiga fayl ko‘rinishida qayd qilib olgan holda haroratning o‘lchangan qiymatlarini avtomatik ravishda saqlash imkoniyatiga egadir, bu esa ma’lumotlarni uzluksiz ravishda belgilangan vaqt oralig‘ida va operator aralashuvisiz to‘plash imkonini beradi.
-Kam quvvatli mobil qurilmalarni quvvatlantirish uchun mo‘ljallangan portativ fotoelektrik qurilma ishlab chiqilgan. Ushbu qurilma markazlashtirilgan elektr ta’minoti tarmoqlaridan uzoqda joylashgan kam quvvatli yuklamalarni avtonom tarzda quvvatlash va quvvatlab turish imkonini beradi.
-Boshqariladigan harorat qiymatlarini yozib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan termostatik boshqaruv moslamasi ishlab chiqilgan. Ushbu qurilmada haroratni ma’lum intervalda ushlab turish imkoniyati va o‘lchangan harorat qiymatlarini energiyaga bog‘liq xotiraga yozib olish imkoniyati mujassamlashgan.
-Portativ elektron qurilmalar uchun universal zaryadlovchiga ega avtonom fotoelektrik ko‘cha yoritish tizimi ishlab chiqildi. Ushbu qurilma, asosiy funksiyasidan tashqari, USB turi A ulagichi bilan quvvatlanadigan mobil qurilmalarning batareyalarini zaryad qilish imkonini beradi.
-Kam quvvatli shamol energiyasiga asoslangan qurilmaning loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu qurilma videokuzatuv tizimini avtonom ravishda quvvatlantirish va shahar sharoitida shamol energiyasi resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini namoyish qilish uchun mo‘ljallangan.
-Analog harorat sensorlari yordamida haroratni o‘lchash uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy kompleks ishlab chiqilgan. Ushbu kompleks bitta apparat dasturiy platforma asosida analog turdagi harorat datchiklarini qiyosiy sinovdan o‘tkazish imkonini beradi
-Ikki turdagi elektr va past darajadagi issiqlik energiyasini bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan yangi turdagi kombinatsiyalangan fotoissiqlik aylantirgich va uning asosida o‘rnatish loyihasi ishlab chiqilgan: isitiladigan suv va isitiladigan havo shakli. Ushbu qurilma bizga fotovoltaik modulni quyosh nurlanishi bilan isitish natijasida hosil bo‘ladigan issiqlikdan foydalanish muammosini qisman hal qilish imkonini beradi.
-O‘rta quvvatli fotoelektrik modullar uchun mo‘ljallangan quvvatlash qurilmasi (150 Vt gacha) ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan. Fotoelektrik modullardan quvvatlanadigan quvvatlash qurilmasi nominal kuchlanishi 12 V bo‘lgan qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulyator batareyalarini quvvatlash, shuningdek, doimiy tok yuklamasini quvvatlantirish uchun mo‘ljallangan.
-Qayta tiklanadigan energiya manbalarida ishlaydigan avtonom elektr energetik qurilmalar uchun mo‘ljallangan o‘rta quvvatli kuchlanish inverterining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu qurilma doimiy tok kuchlanishni (12 V) maishiy elektr jihozlarini avtonom elektr ta’minoti uchun zarur bo‘lgan sanoat chastotasi (50 Gs)li o‘zgaruvchan tok kuchlanishiga (220 V) aylantirish imkonini beradi.
-Quyosh harakatini ta’qib etish tizimiga ega fotoelektrik qurilma ishlab chiqildi. Ushbu qurilma qo‘zg‘almas fotoelektrik modulli fotoelektrik energetik qurilmalarga nisbatan ko‘proq hajmdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Chop etilgan asosiy ilmiy ishlar


1. Utamuradova Sh.B., Muminov R.A., Diskin V.G., Tukfatullin O.F., Djumamuratov K.A. Fotoelektrik modulning isitish vaqtini hisoblash dasturi // O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining kompyuter dasturini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazganligi to‘g‘risidagi 11.04.2023 yildagi №DGU 24839-sonli guvohnoma.
2. Utamuradova Sh.B., Muminov R.A., Diskin V.G., Tukfatullin O.F. // V.V. Yudinning approksimatsiyasi yordamida qattiq jismdagi ionlarning proyektiv diapazonini hisoblashdasturi // O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining kompyuter dasturini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazganligi to‘g‘risidagi 17.03.2022 yildagi № DGU 15518-sonli guvohnoma.
3. Тукфатуллин О.Ф. Установка и техническое обслуживание фотоэлектрических систем. Методическое пособие для учащихся Моноцентров по оказанию услуг незанятому населению при Министерстве занятости и сокращения бедности Республики Узбекистан, Ташкент, 2023, 100 с.
4. Klychev Sh.I., Bakhramov S.A., Mukhammadiyev M.M., Kharchenko V.V., Panchenko V.A., Kadyrgulov D.E., Tukfatullin O.F., Kulonov J. Free Deposition of Dust on Inclined Solar Batteries // Applied Solar Energy, 2021, V. 57, No. 5, pp. 403–408.
5. Утамурадова Ш.Б., Муминов Р.А., Дыскин В.Г., Тукфатуллин О.Ф., Джумамуратов К.А. Измерение степени черноты фотоэлектрического модуля // Гелиотехника, 2023, Т. 59, № 1, сс. 82–85.
6. Муминов Р.А., Дыскин В.Г., Тукфатуллин О.Ф., Бутунбаев Б.Н., Джумамуратов К.А. К вопросу применения гидрофобных плёнок для пассивной очистки фронтальной поверхности фотоэлектрических модулей // Scientific Bulletin: Physical and Mathematical Research, 2023, Т. 5, № 1, сс. 42–46.
7. Муминов Р.А., Утамурадова Ш.Б., Дыскин В.Г., Тукфатуллин О.Ф., Джумамуратов К.А., Даминов С.А. Оценка времени нагрева фотоэлектрического модуля // Научно–технический журнал ФерПИ, 2023, Т. 27, № 2, сс. 14–17.
8. Утамурадова Ш.Б., Муминов Р.А., Дыскин В.Г., Тукфатуллин О.Ф. Программа для расчёта проективного пробега и страгглинга ионов в твёрдом теле с использованием аппроксимации В.В. Юдина // Computational nanotechnology, 2022, Т. 9, № 4, сс. 87–88.
9. Тукфатуллин О.Ф., Муминов Р.А., Рахматуллаев И.А., Гусев А.Л., Турсункулов О.М., Турсунов М.Н., Рахматуллаев М.Р., Джумамуратов К.А. Морфологические особенности и элементный состав пылевого загрязнения фотоэлектрического модуля // Альтернативная энергетика и экология, 2021, № 01–03 (359–361), сс. 10–20.
10. Тукфатуллин О.Ф., Муминов Р.А., Джумамуратов К.А. Критерии отбора силовых транзисторов преобразователя постоянного тока в постоянный инвертора напряжения автономной фотоэлектрической системы // Физика полупроводников и микроэлектроника, 2021, Т. 3, В. 1, сс. 63–68.
11. Тукфатуллин О.Ф., Муминов Р.А., Рахматуллаев И.А., Джумамуратов К.А., Абдуллаев И.И. Определение параметров контроллера заряда портативной фотоэлектрической системы питания маломощных потребителей электрической энергии // Гелиотехника, 2021, Т. 56, № 5–6, сс. 401–411.
12. Тукфатуллин О.Ф., Утамурадова Ш.Б., Комолов И.М., Кононеров В.П. Расчёт годовой производительности фотоэлектрической станции НИИ физики полупроводников и микроэлектроники // Материалы Международной научной конференции «Новые материалы и гелиотехнологии», Паркент, Узбекистан, 15–16 мая 2023 г., сс. 30–31.
13. Муминов Р.А., Дыскин В.Г., Тукфатуллин О.Ф., Джумамуратов К.А. Возможность применения метода тепловизионного контроля температуры для оценки степени нагрева материалов, используемых в фотоэнергетике // Сборник тезисов X Международной научной конференции «Актуальные проблемы физики твёрдого тела» (APSSP-2023), Минск, Беларусь, 22–26 мая 2023 г., с. 409.
14. Бутунбаев Б.Н., Тукфатуллин О.Ф., Дыскин В.Г., Бибитов Ш.О. Мониторинг загрязнённости воздуха пылью в городе Ташкент // Материалы II Международной конференции «Фундаментальные и прикладные проблемы физики полупроводников, микро- и наноэлектроники», Ташкент, Узбекистан, 27–28 октября 2023 г., сс. 275–277.
15. Утамурадова Ш.Б., Муминов Р.А., Тукфатуллин О.Ф., Джумамуратов К.А., Азимходжаев К.Х. Устройство мониторинга электрических параметров узлов фотоэлектрической системы // Сборник материалов I Международной научной конференции «Научные основы использования информационных технологий нового уровня и современные проблемы автоматизации», Ташкент, Узбекистан, 25–26 апреля 2022 г., сс. 360–363.

Asosiy ilmiy-tadqiqot qurilmalari

Atrof-muhit meteoparametrlarini uzluksiz monitoring qilish uchun meteostansiya Atrof-muhit meteoparametrlarini uzluksiz monitoring qilish uchun meteostansiya (old tomondan ko‘rinishi) Meteostansiya qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlaydigan energetik qurilmalarning real ekspluatatsiya sharoitlardagi ishlash samaradorligini baholash uchun zarur bo‘ladigan sinovlarni o‘tkazish sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun mo‘ljallangan.

Kombinatsiyalangan fotoissiqlik aylantirgich qurilmasi

Kombinatsiyalangan fotoissiqlik aylantirgich qurilmasining frontal tomonining sxematik ko‘rinishi (kesish tekisligi ko‘rsatilgan)Atrof-muhit meteoparametrlarini uzluksiz monitoring qilish uchun meteostansiya (old tomondan ko‘rinishi)
Meteostansiya qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlaydigan energetik qurilmalarning real ekspluatatsiya sharoitlardagi ishlash samaradorligini baholash uchun zarur bo‘ladigan sinovlarni o‘tkazish sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun mo‘ljallangan.


Kombinatsiyalangan fotoissiqlik aylantirgich qurilmasining ichki tuzilishining sxematik ko‘rinishi (A – A kesish tekisligida)
Kombinatsiyalangan fotoissiqlik aylantirgich qurilmasi quyosh energiyasini elektr va isitilgan suv va isitilgan xavo ko‘rinishidagi ikki turdagi past potensialli issiqlik energiyaga aylantirib berishga mo‘ljallangan.